17:01 / 03.03.2018
6048

Wirecard AG bosh operatsion direktori O‘zbekistonda DT ishlab chiqishning autsorc imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Foto: Mirzo Ulugbek Innovation Center

Wirecard AG bosh operatsion direktori Yan Marsalek O‘zbekistonda dasturiy ta'minotni ishlab chiqishning autsors imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.
 
Bu haqda avstriyalik tadbirkorning Toshkentga yaqinda amalga oshirgan tashrifi davomida ma'lum bo‘ldi. U yillik aylanmasi 1 mlrd dollardan ko‘proq bo‘lgan jahondagi eng yetakchi softver kompaniyasi boshqaruvi a'zosidir.
 
Yan Marselek Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Markaziy bank, Yagona umumrespublika protsessing markazi, «Aloqabank» vakillari bilan uchrashdi.
 
Shuningdek, u tashrifi davomida Inha universiteti va innovatsion markazga bordi. Tadbirkor O‘zbekistonda Wirecard AG uchun dasturiy ta'minot ishlab chiqish bo‘yicha autsors imkoniyati haqida g‘oya tashabbusi bilan chiqqan.
 
Rejaga ko‘ra, joriy yilning ikkinchi choragida poytaxtga kompaniya vakillari kelib, mahalliy IT-bozorni tadqiq qilish, bo‘lajak xodimlar va hamkorlarni topish bilan shug‘ullanishadi.

Top