Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kembrijda o‘zbek mutaxassislari dars berishni boshlashadi
Avval xabar qilinganidek, Buyuk Britaniyada bo‘lib turgan O‘zbekistonning bir guruh islomshunos, sharqshunos olimlari 4 mart kuni Kembrij universitetiga tashrif buyurib, ushbu nufuzli ta'lim dargohining professorlari, sharqshunos olimlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Kembrij universitetining Markaziy Osiyo forumi direktori professor S.Saksena bilan O‘zbekistonda yangi tashkil etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi hamda Toshkent islom universitetining Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Unga ko‘ra, Kembrij universitetining professor-o‘qituvchilari Toshkent islom universiteti, O‘zbekiston Islom akademiyasining talaba va tadqiqotchilari uchun maxsus ma'ruzalar o‘qiydi, mamlakatimizda o‘tkaziladigan xalqaro konferensiyalarda ishtirok etadi. O‘zbekistonlik tadqiqotchilarning ilmiy maqolalari Kembrij universitetining nufuzli nashrlarida chop etiladi. Kembrij va O‘zbekiston olimlari qo‘shma ilmiy guruhi tashkil etiladi. Hamkorlikda dolzarb mavzulardagi ilmiy tadqiqotlar amalga oshiriladi.

Tomonlar shuningdek, Kembrij universitetida Xorazmiy va Ibn Sino stipendiyalarini ta'sis etish to‘g‘risida ham kelishib oldilar. O‘zbekiston delegatsiyasi Kembrij universiteti bilan talabalar, amaliyotchi tadqiqotchilar almashuvi, o‘quv, ilmiy va oilaviy turizmni yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanini ma'lum qildi.
S.Saksena O‘zbekistonda buyuk allomalarimiz ilmiy merosini chuqur o‘rganish, ushbu sohada xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilayotgan e'tiborni yuqori baholadi.

“Britaniyadagi qadimiy binolar Oksford, Kembrij universiteti kollejlari Buxoro va Samarqand madrasalarining me'moriy uslubi asosida bunyod etilgan. Bu ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stnoma munosabatlar tarixi uzoq o‘tmishga borib taqalishining yaqqol isbotidir.
Biz O‘zbekiston bilan ilmiy hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdormiz. Kembrij kutubxonasida saqlanayotgan turkiy, forsiy qo‘lyozmalarni tadqiq etib, kataloglar tayyorlaydigan o‘zbekistonlik mutaxassislarga ehtiyojmandmiz”, - deydi Kembrij universitetining Markaziy Osiyo forumi direktori S.Saksena.
Joriy yilning 12 fevralidan e'tiboran Kembrij universitetida o‘zbek tili darslari tashkil etilgan. Erishilgan kelishuvlarga muvofiq yangi o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistondan kelgan mutaxassislar Kembrij universitetida o‘zbek tilidan dars bera boshlashadi.
Muzokaralar yakunida ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va do‘stona munosabatlar barcha sohalar qatori ilm-fan yo‘nalishida ham jadal rivojlanib borayotganidan mamnuniyat izhor qildilar.
Mavzuga oid
15:17 / 20.06.2025
O‘zbekiston islomshunoslik akademiyasi Abdulloh II nomidagi mukofot bilan taqdirlandi
20:43 / 20.02.2020
«Shariatda inson tabiatiga zid talab yo‘q» - Oksfordda tadqiqot o‘tkazayotgan o‘zbek olimasi bilan suhbat
19:00 / 29.01.2020
Demokratiyaga ishonchsizlik tarixiy maksimumga yetdi. Buni so‘rovlar natijalari ko‘rsatmoqda
08:19 / 03.12.2018