Barselona şahrining xalqaro aeroporti - El-Pratni kengaytiriş işlari Lionel Messi tufayli töxtab qolgan.
Kataloniya poytaxtida faoliyati yuritadigan Vueling Airlines kompaniyasi rahbari Xaver Sançes-Priyeto aynan şunday deb hisoblamoqda.
«Yangi terminalni qurişga ruxsat berilmadi, çunki Messining uyi ustidan uçib ötiş mumkin emas ekan. Bunaqasini dunyoning heç bir joyida körmaysiz» - deb norozi bölgan edi Sançes-Priyeto.
Taqiqning asosiy sababi sifatida - Gava va Kasteldefels hududining ekologik ahvoli yomonlaşişi körsatilgan. Aynan şu yerda Messi öz oilasi bilan istiqomat qiladi.

Argentinalikning uyidan (Bellamar rayoni) aeroportgaça 10 km, Barselona markazigaça 20 km. 1992 yilda Kasteldefels olimpiadaning eşkak eşiş musobaqalarini qabul qilgan edi. Bu kanal hozir ham mavjud.
Kasteldefels Barselonaning nufuzli hududi hisoblanadi. Bu yerda köplab sport va san'at yulduzlari, tadbirkorlar, Messining döstlari, xususan Luis Suares, Andre Gomeş va Filippe Koutino istiqomat qiladilar. Hududdagi uylarning narxi örtaça 5 mln yevrodan boşlanadi.
Messi 6 yil burun, Örtayer dengizi qirğoğidagi yaşil tepaliklardan villa sotib olgan edi. Keyinçalik, uyi atrofidagi hududlarni ham qöşib olişga muvaffaq böldi. «Barsa» yarimhimoyaçisi Ivan Rakitiç gapiga köra, Messi oilasi bilan tinç, şovqin-suronsiz yaşaşni yoqtiradi. Şu tufayli, uyi atrofidagi ikkita katta yer maydoni bilan qöşnisining uyini ham sotib olgan. Ularni ta'mirlaşga kamida 2 mln yevro safrlangan.

Kasteldefelsda Leo egalik qiladigan mulkning umumiy yer maydoni 10 gektarga yaqindir: hududda ikkita bolalar maydonçasi, basseyn, maşğulotlar zali va albatta futbol maydoni bor.
Şaharça ustidan parvoz qiliş haqiqatdan ham taqiqlangan, ammo Messi tufayli emas.
Bir neça hafta oldin, Ispaniya hukumati «El-Prat» aeroportining yangi terminalini 2022 yilgaça barpo qiliş haqida qaror qabul qildi. Bu yölovçilar oqimini yiliga 47 milliondan 70 milliongaça oşiriş imkoniyatini berişi kerak.
Aeroportning hozirgi konfiguratsiyasi sayyohlar oqimini boşqarişda qiyinçilik tuğdirmoqda, Kataloniya byudjyeti esa bundan zarar köryapti. Yangi loyiha böyiça, qöşimça qöniş yölaklarini ham barpo etiş közda tutilgan. Çunki hozirgi yölaklar dengiz qirğoğida joylaşgan bölib, samolyotlar asosan dengiz tomondan qönişga majbur bölyapti. Bu öziga xos qiyinçiliklarni keltirib çiqarmoqda.

















