Kuni-keça Navoiyda bölib ötgan yiğilişda töy-marosimlar masalasiga ham töxtalib ötildi.
«Boş vazirdan boşlab hokimgaça, ijro organi rahbariga töy-marosimlarga borişi man etiladi. Çoyxonalarning yonida davlat maşinasi turganini körgan kunim işdan olib taşlayman, jinoiy javobgarlikka tortaman. Töy eng köpi 150 kişiga, oş 200 kişiga böladi. Birorta rahbar uyida tuğilgan kunini ham, töyini ham mendan boşlab nişonlamaydi.
Böldi, u zamonlar tugadi endi, odamlarning ğaşini keltiryapmiz, la'natini keltiryapmiz. Marosim ham, töy ham rahbarlarsiz böladi. Boş vazir boradi ğöddayib, hamma muovini bilan, hamma turadi... Sen öşa qilgan 20 kilogramm göştingni puliga bitta kambağalning uyiga borib kraska qilib ber, televizor olib ber, noinsof.
Qaror çiqadi, qaror! Prezident qarori emas, senatning qarori çiqadi. Qani birortang ğing deb kör. U töyga boriş endi man etiladi. Men özim yuragimdan bilgan holda şuni aytyapman. U hammasi xiyonat bizning xalqimizga, ikkinçidan, töy qilişning me'yorini ham yozib beramiz.
Toşkentda tört qizi bor odam özini osişi kerak, töy qiliş uçun. Oddiy odam, oilali, byudjyetdan oylik oladigan odam özini osişi kerak! Törtta qizini erga beriş uçun özini ossa töğri böladi. Nimaga?! Heç qanday imkoniyati yöq, baribir beçora qarz oladi, öziga qaramaydi, döxtirga bormaydi, faqat şu töyga yiğadi. Kimga kerak bu töy? Böldi, biz oldin taşviqot qilib kördik, bölmadi bu taşviqot. Xiyonat qilyapmiz xalqimizga, töylarni agar joyiga qöysak, korrupsiya bölmaydi, adolat paydo böladi. Hamma bir xil töy qiladi. Agar birorta rahbar, prokurormi, hokimmi, soliqçimi, çegaraçimi, şu me'yordan çiqsa, öşa kuni körasizlar, qamayman hammani» - dedi prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev.
Bu gaplar köpçilikni mulohazaga undagani, ijtimoiy tarmoqlarda bahs-munozaralarga yöl oçgani tabiiy. Odamlarning yaşaşini qiyinlaştiradigan har qanday urflarning yöqolişini quvvatlagan holda, bir jihatga e'tibor qaratmoqçiman.
Ba'zilar bu sözlarda ham erkinlikni çeklaşga doir harakatlarni körişdi. Misol uçun, puli bor, imkoniyati bor odamga katta töy qiliş va köpçilikni mehmonga çaqirişni nega çeklaş kerak? Pul topgan odam öşa pullarni istaganiça sarflaş huquqiga ega emasmi?
Yöq. E'tibor bergan bölsangiz, prezident ma'ruzasida vazir, prokuror, soliqçi yoki çegaraçi deb aynan korrupsiya xavfi bölgan davlat idoralarini tilga oldi. Ma'ruzaning juda muhim nuqtasi, ya'ni, keyinçalik, huquqiy tizimni yaratişda poydevor böladigan jihati aynan mana şu yerda yaşiringan. Ya'ni bu yerda ikkita alohida mavzu bor.











