Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston bo‘yicha o‘tadigan xalqaro anjumanda Toshkent deklaratsiyasi qabul qilinishi mumkin
Joriy yilning 26-27 mart kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik va mintaqaviy aloqalar sohasida hamkorlik» xalqaro anjumanining ochilishida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani so‘zga chiqadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Anjumanda ishtirok etish uchun BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish va BMTning Afg‘onistondagi maxsus vakili Tadamiti Yamamota, Yevropa kengashining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy komissari Federika Mogerini, shuningdek Xitoy, Rossiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Fransiya, Turkiya, Hindiston, Eron, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari taklif qilingan.
Toshkentdagi anjuman 28 fevral kuni Afg‘oniston poytaxtida o‘tkazilgan «Kobul jarayoni» ikkinchi yig‘ilishdan so‘ng tashkillashtirilib, Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni ta'minlash bo‘yicha xalqaro jamoatchilik tomonidan qo‘llanilayotgan choralarni kuchaytirishning mantiqiy davomi bo‘ladi.
Forum qatnashchilari Afg‘oniston hukumati va «Tolibon» harakati o‘rtasida hech qanday shartlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tez orada boshlash zarurati haqida mintaqaviy va global darajadagi nuqtai nazarlarni bildirishlari kutilmoqda.
Konferentsiya yakunlari bo‘yicha Toshkent deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
17:37 / 09.06.2026