Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil TIV: "Diplomatiya ish bermasa, Eronga nisbatan kuch ishlatishga to‘g‘ri keladi"
Isroil Suriya eskalatsiyasidan manfaatdor emas, biroq agar Eron Suriya chegarasidagi vaziyatni yomonlashtirishda davom etsa, shunga yarasha javob qaytaradi. 5 mart kuni Isroil TIV rahbari o‘rinbosari Aleksandr Ben-Tsvi shu haqida ma'lum qildi.
Sobiq BMT bosh kotibi Pan Gi Mun bundan avval Suriyadagi so‘nggi voqealar, xususan, chegaradagi ziddiyat Isroil va Eron o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy nizoga olib kelishi mumkinligi haqida aytgandi.
"Umid qilamanki, bunday bo‘lmaydi", - dedi jurnalistlarga Ben-Tsvi Pan Gi Munnning so‘zlarini izohlar ekan.
"Albatta, agar ular (Eron HK) Isroil chegarasiga hujum qilishsa, bizning boshqa yo‘limiz qolmaydi - uchuvchisiz qurilma bilan bog‘liq vaziyatni esa Isroil hududiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujum deya baholaymiz. Biz qo‘l qovushtirib o‘tirmaymiz. Bunday ishga qo‘l urmoqchi bo‘lgan har bir inson shunga yarasha javob choralari ko‘rilishini yaxshi tushunib yetishi kerak", - deya ta'kidladi isroillik diplomat.
Aleksandr Ben-Tsvining so‘zlariga ko‘ra, Isroil Suriyadagi Eron bazasidagi harbiylarning aniq soniga doir ma'lumotga ega. Bu masala fevral oyida bo‘lib o‘tgan Rossiya-Isroil tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi maslahatlashuvda muhokama qilingan.
Bundan avval esa Eron TIV rahbari Muhammad Javod Zarif Suriyada Eronning harbiy bazalari va askarlari yo‘qligini aytgandi.
"Bu masala Moskva bilan muhokama qilingan, albatta. Bizda Suriyadagi Eron bazalari haqida ma'lumotlar bor. Hozir u yerda aynan qancha baza borligiga doir ma'lumotlar qo‘l ostimda emas, lekin ular bor", - deydi Ben-Tsvi.
Isroil hukumati Eronni o‘zining o‘n minglab jangarilari, havo va dengiz bazalari bilan Suriyani "yovlar forposti"ga aylantirishga urinishda ayblamoqda. Qo‘shni mamlakatda Eronning doimiy ishtiroki chegaradosh mamlakatlar, xususan Isroil tomonidan yo‘l qo‘yib bo‘lmas holat sifatida qabul qilinmoqda, shu bois ular agar diplomatiya ish bermasa, kuch ishlatishga to‘g‘ri kelishini ta'kidlashmoqda.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
09:17 / 20.06.2026
OAV: Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasida sulh tuzildi
08:55 / 20.06.2026
OAV: Uitkoff Eron bilan muzokaralar uchun Shveytsariyaga yo‘l oldi
22:39 / 19.06.2026