Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariyaliklar yana 15 yil soliq to‘lashni ma'qullashdi
Foto: Getty Images
Shveytsariya aholisi jamoat televideniyesi va radiosi uchun soliq to‘lashni ma'qulladi. Shuningdek mamlakat byudjyetini federal soliqlar yordamida to‘ldirishda davom etadi. Hukumat saytida e'lon qilingan va 4 mart kuni bo‘lib o‘tgan referendum natijasi shundan dalolat bermoqda.
Shveytsariyaliklarning aksariyati "Billage" deb nomlanuvchi mediabojini bekor qilish tashabbusini rad etishgan. Yangi g‘oya federal hukumatga OAVni byudjyet mablag‘lari hisobidan qo‘llab-quvvatlashni taqiqlashni ham ko‘zda tutar edi.
Saylovchilarning 71,6 foizi televizor, radio hamda tele- yoki radiosignallarni qabul qiluvchi har qanday qurilmadan foydalangani uchun soliq to‘lashga roziligini bildirishdi. To‘plangan mablag‘larning barchasi jamoat elektron OAV, qisman xususiy OAVlarni qo‘llab-quvvatlashga sarflanadi.
Yakshanba kungi referendumda, shunindek aholidan soliq olish masalasiga oydinlik kiritildi. Shveytsariya federal byudjyeti bevosita federal soliqlar va qo‘shimcha qiymat solig‘idan shakllantiriladi. Biroq soliq stavkasi atigi 15 yil amalda bo‘ladi, shu muddatdan so‘ng mamlakat hukumati aholidan soliq solishni davom ettirishni va uning hajmi bo‘yicha fikrini o‘rganishi talab etiladi. Navbatdagi muddat 2020 yilda tugaydi. Referendumda ayni masalani hal etish talab qilingan edi.
Natijada saylovchilarning 84,1 foizi "Yangi moliyaviy tartib-2021" dasturini ma'qullashdi.
Mavzuga oid
16:03 / 10.01.2026
Shveytsariya Kran-Montaneda yong‘in qurbonlari xotirasini yod etdi
22:04 / 05.01.2026
Shveytsariya Maduro va uning sheriklarining barcha aktivlarini muzlatib qo‘ydi
15:42 / 05.01.2026
Shveytsariya kurortidagi yong‘in: yana 16 qurbonning shaxsi aniqlandi
08:31 / 04.01.2026