Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jurnalist Bobomurod Abdullayevning sud ishi boshqa kunga qoldirildi
Foto: Facebook
5 mart kuni jurnalist Bobomurod Abdullayevga nisbatan bo‘lib o‘tishi lozim bo‘lgan ilk sud ishi boshqa muddatga ko‘chirildi. Bu haqda O‘zbekiston Oliy sudi rasmiy vakili Aziz Obidov KUN.UZ‘ga ma'lum qilgan.
Avvaliga Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida Konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilishda ayblangan Bobomurod Abdullayev va uning ishi doirasida qo‘lga olingan Hayotxon Nasriddinov, Shavkat Olloyorov va Ravshan Salayevga nisbatan sud eshituvi 5 mart kuni bo‘lib o‘tishi belgilangandi.
Manbaning ma'lum qilishicha, endilikda mazkur ish yuzasidan sud eshituvi 7 mart kuni soat 14:30da o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, qo‘lga olingan gumondor shaxslar Jinoyat kodeksining 159-moddasida ko‘zda tutilgan jinoyatni (O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish) sodir etishda ayblanmoqda.
Mazkur jinoyat ishi Toshkent shahar sudi sudyasi Zafar Nurmatov raisligi sud tarkibi va xalq maslahatchilari ishtirokida ko‘rib chiqiladi.
Ma'lumot uchun, Bobomurod Abdullayev 2017 yilning 27 sentabrida MXX tomonidan hibsga olingan.
Mavzuga oid
21:19 / 13.02.2026
Li 9 va BYD to‘qnashuvi: Toshkent sudlari yana shov-shuvli ish markazida
19:37 / 07.02.2026
Farg‘onada nohaq ayblanib qamalgan bojxona inspektori 15 yildan so‘ng oqlandi
21:06 / 29.01.2026
2025 yilda O‘zbekistonda yarim milliondan ko‘proq odam ma’muriy jazoga tortildi
14:56 / 15.01.2026