Asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov Forbes’ning yangi ro‘yxatida 118-o‘rinni egalladi. Forbes’ning 2018 yilda dunyodagi eng boy odamlar bo‘yicha reytingi bugun, 6 mart kuni e'lon qilindi.

Usmonovning boyligi jurnal tomonidan 12,5 mlrd dollarga baholandi. Rossiyalik tadbirkorlar ichida Usmonov 10-pog‘onani egallagan.

Rossiyadagi eng boy tadbirkorga Vladimir Lisin 19,1 mlrd dollar bilan aylandi. Ikkinchi o‘rinni «Severstal» direktorlar kengashi raisi Aleksey Mordashov egalladi ($18,7 mlrd). Uchinchi pog‘onadan esa ushbu reytingning o‘tgan yilgi yetakchisi Leonid Mixelson 18 mlrd dollarlik kapital bilan joy oldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Forbes dunyodagi eng boy odamlar ro‘yxatini e'lon qilgandi.