Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Floridada qurollangan ko‘ngillilarga maktablarni qo‘riqlashga ruxsat berildi
Florida shtati senati ommaviy qotilliklarning oldini olishga qaratilgan, maktablarda xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha hujjatni tasdiqladi.
Hujjatda sherifga maktablarni qo‘riqlash bilan shug‘ullanuvchi ko‘ngillarni yollashga ruxsat beruvchi band bor. Ko‘ngilli qo‘riqchilar xavfsizlik va o‘qotar qurol sohasida malakalarini oshirish bo‘yicha 132 soatlik kursdan o‘tishlari, ruhshunos ruxsatini olishlari va ish davomida giyohvand moddalarga tahlil topshirib turishlari kerak bo‘ladi.
Donald Trampning avvalroq o‘qituvchilarga darslarga qurol bilan kelishga ruxsat berish haqida bildirgan taklifiga qaramay, maktab o‘qituvchilari ko‘ngillilar bo‘la olmaydilar.
AQShda qurolga egalik qilish huquqi konstitutsiyaga 2-tuzatma bilan kafolatlangan.
Floridadagi maktablardan birida 14 fevralda 19 yoshli Nikolas Kruz tomonidan ommaviy qotillik sodir etildi. U uyushtirgan otishma oqibatida 17 kishi halok bo‘lgan, kamida 14 kishi jarohat olgan.
Mavzuga oid
08:36 / 15.05.2026
Floridadagi aeroportga Donald Tramp nomi beriladi
10:31 / 27.02.2026
Kuba chegarachilari o‘qqa tutgan katerda amerikaliklar bo‘lgan
20:43 / 22.02.2026
Tramp qarorgohining qo‘riqlanadigan hududiga kirishga uringan shaxs o‘ldirildi
23:01 / 12.06.2025