5 mart kuni jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar Çilonzor tuman sudining oçiq sud majlisida Xurşid Abdurahmonovga nisbatan sud hukmi öqildi. Bu haqda KUN.UZ muxbiri xabar beradi.

Dastlab, «Uçburçak» körsatuvida, keyinçalik ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan videolavhada ota öz qizini kaltaklagani tasvirlangandi. Ma'lum bölişiça, Toşkent şahar IIBBga qaraşli «Qöriqlaş 6-alohida bataloni» sobiq xodimi Xurşid Abdurahmonov uşbu jinoyatni sodir etgani sud tomonidan aniqlangan. Abdurahmonov Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismining «a,v» bandlari, 139-moddasi 3-qismining «g» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor, deb topildi. Unga nisbatan qözğatilgan jinoyat işida yuqorida sanab ötilgan moddalardan taşqari, JKning 140-moddasi 2-qismi va 130-moddasi 2-qismining «a» bandi bilan ayblov e'lon qilingandi. Biroq sudda JKning 140-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyat tarkibi topilmagan, şuningdek, Abdurahmonov JKning 130-moddasi 2-qismining «a» bandi bilan aybsiz deb topilgan. Unga nisbatan jinoyat işini bu qismi JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan tugatildi. 

Abdurahmonovga nisbatan uzil-kesil ötaş uçun 6 oyga ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlandi. Sudya Dilmurod Valiyev hukmni öqib taniştirarkan, jazoni ötaş muddati 2017 yil 13 noyabrdan, ya'ni Xurşid Abdurahmonov ehtiyot çora sifatida qamoqda saqlanayotgan davrdan boşlab hisoblanişini ta'kidlab ötdi. Demak, Abdurahmonov sud hukmi öz kuçiga kirgan paytdan boşlab, ikki oy ötib öz oilasiga qaytişi mumkin.

KUN.UZ muxbiri bilan suhbatlaşgan Abdurahmonovning yaqin qarindoşini aytişiça, Xurşid qiziga nisbatan otalik huquqidan mahrum etilgan.

«Uçtepa tuman hokimiyati huzuridagi Vasiylik masalalari böyiça faoliyat olib boruvçi Xaqnazar ismli yigit barçasiga birdan nuqta qöydi: birtaraflama örganilgan işda Xurşid otalik huquqidan mahrum etildi. Öğli esa onasi bilan ketişni istamayapti. MIB xodimlari ham bunga majburlay olmadi. Qizini emizikli paytidan boqib, tarbiya qilib kelaman. U otasini sud majlisida körib, rosa dodlab yiğladi», deydi u.

Abdurahmonovning yaqin qarindoşi «ota qizini urgani»ga nima sabab bölganini izohlab ötdi.

«Kelinimiz opasining qistovi bilan 2015 yil may oyida tijorat maqsadida Turkiyaga bordi. Öşa yili 23 sentabr kuni ikki yoşli qizaloqni begona şaxsga taşlab ketgan ona öğlini ham unutgandi. Buning ustiga u Xurşidga fahş aralaş suratlarini yuborgan. Alamzada bölib, xotinini Özbekistonga qaytişini istagan Xurşid qizini kaltaklagan. U öz harakatlarini anglamagan. 2017 yildagina qaytib kelgan kelinimizni öz qizi ham tanimadi»