Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston turizmning YaIMdagi hissasini 8 foizga yetkazmoqchi
Foto: Anadolu
Qozog‘iston 2025 yilga borib turizmning mamlakat yalpi ichki mahsuloti (YaIM)dagi hissasini 1 foizdan 8 foizga oshirmoqchi. Respublika madaniyat va sport vaziri Aristanbek Muhammad o‘g‘li shunday bayonot bilan chiqdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2017 yilda turizm Qozog‘iston iqtisodiyotidagi asosiy olti sektordan biriga aylandi. Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev ham xalqqa qilgan murojaatida turizm iqtisodiyot rivojining muhim manbai ekanini ta'kidladi. "O‘tgan yili turizm seksiyasi konsepsiyasi yangilandi. Birinchi marta turizm sanoatini davlat miqyosida boshqaruvchi Qozog‘iston milliy turistik kompaniyasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Kompaniya maqsadi ichki va tashqi bozorda turizmni rivojlantirish", deydi Qozog‘iston madaniyat va sport vaziri. Uning ta'kidlashicha, mamlakat Janubi-Sharqiy Osiyo, Yevropa va AQSh o‘rtasidagi asosiy sayyohlar oqimi uchun tranzit zonaga aylanishi mumkin.
O‘zbekistonda ham turizmni rivojlantirishga doir ishlar faol kechmoqda. Mamlakatda nafaqat tashqi, balki ichki turizmni rivojlantirishga ham katta e'tibor qaratilmoqda. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, 2017 yilda O‘zbekistonga tashrif buyurgan sayyohlar soni 2,5 milliondan ziyodni tashkil qilgan. Bu 2016 yil natijalariga ko‘ra 24,3 foizga ko‘pdir. Sayyohlik xizmatlari eksporti esa 2016 yilga nisbatan 24 foizga oshgan bo‘lib, 1,5 milliarddan ortiq ko‘rsatkichni qayd etgan.
Ta'kidlash joizki, O‘zbekistonga eng ko‘p kelayotgan sayyohlar oqimi Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Rossiya Federatsiyasi, Turkmaniston, Turkiya va Koreya Respublikasi hissasiga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
22:02 / 02.05.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Qambarota GES-1” qurilishi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
17:29 / 02.05.2026
O‘zbekiston tashqi qarzi 2025 yilda 18 mlrd dollarga oshdi. Bu rekord ko‘rsatkich
23:09 / 28.04.2026
London markazida dunyodagi eng katta kapsulali arzon mehmonxona ochildi
18:34 / 26.04.2026