Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda 5 yil ichida nechta teraktning oldi olingani aytildi
Foto: AKIpress
Qozog‘istonda 5 yil davomida maxsus xizmatlar 38 ta teraktning oldini olishdi. Bu haqda 6 mart kuni hukumat majlisida Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Nurgali Bilisbekov ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda obektlarning 40 foizi terrorizmga qarshi himoyalanganlik talablariga javob beradi.
2013-2017 yillarda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha davlat dasturini amalga oshirish uchun 98 milliard tenge (304,35 million dollar) yo‘naltirildi.
«Dastur yakunlarini sarhisob qilar ekanmiz, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash sohasida ijobiy siljishlar haqida gapirish mumkin», - dedi MXQ raisi o‘rinbosari.
2018-2022 yillarga mo‘ljallangan davlat dasturini amalga oshirish uchun 270 milliard tenge (838,5 million dollar) ajratiladi. Maxsus va huquqni muhofaza qilish organlarini zamonaviy texnikalar, qurol-yarog‘ hamda boshqa dolzarb ishlanmalar bilan ta'minlash uchun xarajatlar ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
09:20 / 23.02.2026
Zelenskiy: Lvivdagi teraktni RF Telegram orqali tashkil etgan
16:41 / 22.02.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab zarbalar yo‘lladi
21:43 / 16.02.2026
Rossiyada «Krokus» terakti ishi bo‘yicha 15 nafar sudlanuvchiga umrbod qamoq jazosi so‘raldi
16:09 / 06.02.2026