Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 2 martdagi qarori bilan Milliy antidoping agentligining boş direktori tayinlandi.
Qaror bilan Nodirjon Botiroviç Tursunov Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligiga boş direktor etib tayinlandi.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 3 yanvar kuni prezident «Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorni imzoladi. Agentlikka doping orqali sportçilarga yetkaziladigan zarar, inson soğliği uçun doping qabul qilişning salbiy oqibatlari töğrisida sport jamoatçiligini xabardor etiş, Butunjahon antidoping agentligining dasturlari va loyihalarini amalga oşiriş, xalqaro taşkilotlar bilan aloqalarni mustahkamlaş va rivojlantirişga alohida e'tibor qaratiş zarurligi belgilangan.
















