10:21 / 06.03.2018
6190

Tramp immigratsion islohot bo‘yicha bitimni tuzishga tayyorligini ma'lum qildi 

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp demokratlar bilan noqonuniy muhojirlar bolalarini deportatsiya qilinishdan himoyalovchi dastur bo‘yicha bitim tuzishga tayyorligini ma'lum qildi. Ushbu dastur DACA kabi ma'lumdir.

“Bugun 5 mart, demokratlarni esa DACA masalasini hal qilish uchun topishning imkoni bo‘lmayapti. Men ularga 6 oy vaqt bergandim, ularga esa farqi yo‘q. Qani ular? Biz bitim tuzishga tayyormiz!”, deb aytgan Tramp tvitterda.

Avvalroq AQSh oliy sudi Oq uy DACA dasturini bekor qilishi mumkin-mumkinmasligi masalasini ko‘rib chiqishdan bosh tortgan. Bu masalani ko‘rib chiqishni AQSh ma'muriyati so‘ragan. 

DACA dasturi AQShda noqonuniy asosda qolayotgan va u yerga farzandlari bilan kelgan 700 ming kishini deportatsiya qilinishdan himoyalaydi. Dastur bo‘yicha, ularga deportatsiya bo‘yicha 2 yillik qo‘shimcha vaqt beriladi, so‘ngra uni uzaytirish mumkin.

2017 yil kuzida Tramp ma'muriyati ushbu dasturni 2018 yil 5 martigacha yopishini aytgan, biroq ikki nafar federal sudya dasturning asosiy bandlarini saqlab qolishga qaror qilgan. Oq uy bu qaror bo‘yicha tortishmagan.  

Noqonuniy muhojirlarni deportatsiyadan himoyalash respublikachilar va demokratlar o‘rtasidagi ziddiyatning asosiy bandlaridan biri hisoblanadi. Bu kelishmovchiliklar 2018 yilda byudjyetning yo‘qligi sababli federal hukumat faoliyatida to‘xtashlarga ham olib kelgan. Gap shundaki, demokratlar respublikachilar DACA’ni uzaytirishdan bosh tortayotganlari sababli byudjyetni qabul qilishga rozi bo‘lmaganlar. 

Top