Jahon | 17:52 / 07.03.2018
8217
1 daqiqa o‘qiladi

BlackBerry Facebook va Instagram’ni sudga bermoqda

Foto: AP Photo

Kanadaning smartfonlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan BlackBerry Ltd. kompaniyasi Facebook va unga tegishli bo‘lgan WhatsApp hamda Instagram servislarini sudga beradi. Bu haqda The Verge xabar qilmoqda.

Bunga intellektual mulk to‘g‘risidagi qonunning buzilishi sabab bo‘lgan – Facebook go‘yoki o‘z messenjerini ishlab chiqishda BlackBerry g‘oyalaridan foydalangan, shu tariqa Kanada kompaniyasi patentiga e'tibor bermagan.

Facebook vakilining xabar berishicha, kompaniya «kurashish» niyatida. Uning qo‘shimcha qilishicha, ushbu da'vo arizasi «BlackBerry biznesining messenjerlar sohasidagi ahvoli juda yomon» ekanini ko‘rsatadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid