Politsiya Özbekistonning 52 fuqarosining fojiali ölimiga sabab bölgan yonğin kelib çiqqan avtobus haydovçilari hamda egasini tekşirmoqda. Bu haqda Qozoğistonning Aqtöbe viloyati Içki işlar departamenti boşliği Yernat Kaliakparov bugun, 7 mart kuni xabar berdi.
Uning sözlariga köra, tekşiruv yonğin va odamlarning halok bölişi yuzasidan qözğatilgan jinoiy işni tergov qiliş doirasida olib borilmoqda. Uni tergov qiliş bilan IIV tergov-tezkor guruhi şuğullanmoqda, u Özbekiston huquqni muhofaza qiliş organlari bilan hamkorlikda işlamoqda.
IID boşliğining ta'kidlaşiça, u iş böyiça boşqa tafsilotlarni tergov manfaati tufayli oçiqlay olmaydi.
Eslatib ötamiz, 18 yanvar kuni Qozoğistonda yölovçi avtobusi yonib ketişi oqibatida 52 kişi halok böldi. Ular Özbekiston fuqarolari edi. Avvalroq Aqtöbe fojiasidan omon qolgan yigit özi körgan dahşatlarni bayon etgandi.


















