Rossiya prezidentligiga nomzodlar Kseniya Sobçak va Vladimir Jirinovskiy «Rossiya 1» telekanalida ötkazilgan debatlarda yana janjallaşib ketdi.

Xususan, Jirinovskiy Sobçakni «heç narsani boşqarmagan, köçadan kelgan qizça» deb atagan.

«Brejnev paytida sizni ruhiy kasallar şifoxonasiga olib kirib qöyişgan bölardi», - deya aytib ötdi RLDP yetakçisi Sobçakka murojaat qilib.

Sobçak bundan ğazablandi va Jirinovskiy «25 yildan beri masxarabozlik bilan şuğullanayotganini» ma'lum qildi.

«Siz odamlarga har doim qörs munosabatda bölasiz», - deya xulosa qilgan Sobçak.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 28 fevral kuni Rossiya prezidenti lavozimiga nomzod Kseniya Sobçak “Rossiya 1” telekanalidagi saylovoldi debatlari vaqtida Rossiya Liberal-demokratik partiyasi yetakçisi Vladimir Jirinovskiyga stakanidagi suvni sepib yuborgani xabar qilingandi.