Xitoyning Şanxayida 2 yoşli bola onasining iPhone’ini 47 yilga blokka tuşirib qöydi. Bu haqda South China Morning Post naşri xabar bermoqda. 

Onaning aytişiça, u farzandiga smartfonda ta'lim beruvçi videoni qöyib, özi boşqa işga unnab ketgan. Ayol qaytib kelganda, nimadir sodir bölib, smartfoni 25 million daqiqa yoki 47 yilga bloklanib qolganini aniqlagan. 

Taxmin qilinişiça, telefon blokka tuşib, boladan telefonni blokdan çiqariş uçun parol kiritiş söralgan.   

Bola ham qatorasiga notöğri raqamlar kiritib taşlagan. Natijada parolni yana kiritiş mumkin bölgan vaqt 47 yilgaça yiğilib qolgan. 

Ayol smartfonini ustaxonaga olib borgan, biroq usta heç narsa qilib bölmasligini, uning amaliyotida telefon 80 yilga bloklanib qolgan holat ham bölganini aytgan. 

Endi ayol befoyda bölib qolgan telefonini taşlab yuboriş yoki uni nabiralariga “bu otangizning xatosi edi” degança 47 yildan keyin blokdan çiqariş uçun qoldiriş haqida fikrlamoqda.