Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya va Saudiya Arabistoni 65 mlrd dollarlik hamkorlik haqida kelishib oldi
Buyuk Britaniya va Saudiya Arabistoni valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonning rasmiy tashrifi davomida 65 milliard funt sterlinglik o‘zaro savdo va investitsion hamkorlik haqida kelishib oldi. Bu haqda Buyuk Britaniya bosh vaziri ma'muriyatida ma'lum qilindi.
Kelishuv Buyuk Britaniyaga investitsiyalarni va ikki tomonning davlat xaridlarini ko‘zda tutadi.
“Investitsiyalar va xaridlardagi bu yangi imkoniyatlar ko‘plab tarmoqlar, jumladan, ta'lim, o‘qitish va malakalar, moliyaviy va investitsion xizmatlar, madaniyat va ko‘ngil ochish, sog‘liqni saqlash xizmatlari, texnologiya va tiklanuvchi energetika hamda mudofaa sohasiga taalluqli bo‘ladi”, deb aytilgan xabarda.
Kelishuv ikki davlatning bir necha yillik hamkorligini ko‘zda tutadi.
Mavzuga oid
18:06 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev lord Stokvud boshchiligidagi Britaniya delegatsiyasini qabul qildi
10:30 / 16.06.2026
BBC va FT: Starmer bilan bog‘liq yong‘inlar ortida Rossiya izi bo‘lishi mumkin
23:06 / 15.06.2026
Britaniyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanadi
19:31 / 14.06.2026