Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pyongchangdagi Paralimpiya o‘yinlari ishtirokchilar soni bo‘yicha rekordni yangilaydi
Foto: AzerNews
2018 yilgi Paralimpiya o‘yinlarida rekord sondagi sportchilar ishtirok etadi. Musobaqalar Pyongchangda 9 mart kuni boshlanadi. Bu haqda Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Endryu Parsons ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘yinlarga hammasi bo‘lib taxminan 285 mingta chipta sotildi.
«Bu o‘yinlar rekord bo‘ladi, ularda 49 davlatdan 567 sportchi, jumladan Gruziya, Tojikiston va KXDRdan ishtirok etadi – ular qishki Paralimpiya o‘yinlarida birinchi marta qatnashadi», - deya uning so‘zlarini keltiradi TASS.
Bundan tashqari, Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi prezidenti musobaqalarda KXDRdan bo‘lgan ikki chang‘ichi ishtirok etishi muhim ekanini ta'kidlab o‘tdi.
Mavzuga oid
23:30 / 15.03.2026
Italiyada Paralimpiya o‘yinlari yakunlandi
08:10 / 07.03.2026
Italiyada qishki Paralimpiya o‘yinlari rasman ochildi
21:00 / 27.02.2026
Qishki Paralimpiya o‘yinlarida 2 nafar o‘zbekistonlik sportchi ishtirok etadi
11:03 / 15.12.2025