Peruda ro‘y bergan avariya oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘ldi. RPP radiostansiyasi xabariga ko‘ra, avtobus jarlikka qulagan.

OAV ma'lumotlariga qaraganda, hodisa Ayakucho mintaqasida ro‘y bergan, avtobus taxminan 100 metr balandlikdan pastga qulagan.

Ta'kidlanishicha, voqea oqibatida 50dan ortiq inson turli jarohatlar olgan.