Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boj mojarosi. Xitoy AQShga chaqiriq bilan chiqdi
Foto: David Gray/Reuters
Xitoy Tijorat vazirligining savdo himoyasi va surishtiruvlar departamenti direktori Van Xetszyun po‘lat hamda alyuminiyga import boji joriy etishdan voz kechishga chaqirdi, shuningdek, mamlakat huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun ehtimoliy choralar haqida ogohlantirdi. Bu haqda RIA «Novosti» iqtisodiy idoraga asosan xabar bermoqda.
«Xitoy AQShni ko‘p tomonlama savdo tizimiga hurmat bilan qarash va tegishli chora-tadbirlarni tezroq bekor qilishga qat'iy chaqiradi», - deya ma'lum qildi Xetszyun.
Amaldorning fikricha, Xitoy bojlardan tashvishda ekanini turli darajadagi aloqalar orqali bildirgan. Uning ta'kidlashicha, Pekin bojlardan keladigan zararni hisoblab chiqdi va shu hisob-kitob asosida «kuchli choralarni» ko‘radi.
«Biz AQShning bu choralari YeI, Braziliya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Turkiya, Rossiya va Jahon savdo tashkilotining boshqa ko‘plab a'zolari jiddiy noroziligiga sabab bo‘lganini ta'kidlab o‘tdik. Ular Amerika tomoniga nisbatan tegishli aksilchoralarni ko‘rishga qaror qilgan», - deya ta'kidlab o‘tdi Xetszyun.
Mavzuga oid
22:43 / 21.03.2026
«Mujtaba jumbog‘i» AQSh va Isroilni Eronning haqiqiy yetakchisini izlashga majbur qilmoqda
21:39 / 21.03.2026
Eron birinchi marta Yaqin Sharqdan tashqaridagi AQSh harbiy bazasiga hujum qildi
20:52 / 21.03.2026
AQSh admirali: Eronda 8 mingdan ortiq nishonga zarba berdik
17:06 / 21.03.2026