Avtomobillarni ançadan beri sayyoramiz atmosferasini ifloslantiruvçi jamoatçilik transport turi deb ataşadi. Şu bois elektroavtomobillarga ötiş nafaqat iqtisodiy, balki ekologik nuqtai nazardan ham özini oqlaydi. Buning uçun kislorod işlab çiqarişga qodir şinalar işlab çiqildi.

Yangi şinalar Oxygene nomini oldi. New Atlas naşrining yozişiça, kontseptual mahsulot maxsus tuzilmaga ega bölgani bois ularning rezinasi ostiga tirik moxlarni joylaşga muvaffaq bölindi. Goodear vakillarining ma'lum qilişiça, bunday şinalar içkaridagi moxlarni oziqlantiriş uçun havodan karbonat angidrid va namlik yutişi mumkin. Bunga javoban mox toza kislorod işlab çiqaradi. Goodear taxminlariga köra, Oxygene şinalari örnatilgan 2.5 million avtomobilga ega avtopark bir yilda 3000 tonna kislorod işlab çiqaradi va 4000 tonna karbonat angidrid yutadi.

Biroq bu hali hammasi emas! Yangi şinalar qabul qilayotgan energiyani avtomobil elektronikasi, xususan parktronik va ma'lumotlarni qayta işlaş bloki kabi qator sensorlarning qisman quvvatlanişi uçun sarflaydi. Şinalar proyektori qayta işlov berilgan  şinalardan olingan rezina kukunidan işlangan 3D-printer yordamida tayyorlanadi, Oxygene pokrişkalarining özi esa boşqa avtomobillar hamda yöl infratuzilmasidagi "aqlli" qurilmalar bilan aloqaga kirişişda Li-Fi (Light Fidelity — ikki yönalişli, yuqori tezlikdagi simsiz texnologiya) texnologiyasini qöllaydi.