Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Narxlar bo‘yicha yashash uchun qulay sharoitlarga ega davlatlar ro‘yxati e'lon qilindi
Foto: Shutterstock
Amerikaning GOBankingRates moliyaviy-maslahat portali hayot kechirish uchun eng qulay sharoitlar bo‘lgan top-50 mamlakatni aniqladi. Reyting xarid qobiliyati, iste'mol mahsulotlariga narxlar, xizmatlar, mahsulotlar, ko‘chmas mulk ijarasi narxiga asoslangan. Ma'lumotlar Nyu-Yorkdagi ko‘rsatkichlar bilan taqqoslanadi.
Birinchi uch o‘rinni Hindiston, Saudiya Arabistoni va Pokiston egalladi. Ro‘yxatdagi eng yomon sharoitlarga ega davlatga Vengriya aylandi. Portal hammasi bo‘lib 115 mamlakatni baholagan.
MDH davlatlaridan ro‘yxatga Belarus va Qozog‘iston kirdi (mos ravishda – 27- hamda 31-o‘rin).
Ta'kidlanishicha, Qozog‘istonda turar-joy ijarasi Nyu-Yorkdan 89 foizga, mahsulotlar esa – 72 foizga, hayot kechirishning umumiy qiymati – 66 foizga arzonroq.
Mavzuga oid
21:26 / 07.02.2026
Eng ko‘p guruch iste’mol qiladigan mamlakatlar ma’lum qilindi
12:27 / 06.02.2026
O‘zbekiston Hindistondan ayrim tovarlar importini vaqtincha chekladi
15:33 / 05.02.2026
Hindistonda bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklash bo‘yicha chaqiriqlar kuchaymoqda
15:26 / 04.02.2026