Uber kompaniyasi özining haydovçisiz avtomobillari parki işga tuşgani haqida ma'lum qildi. Mazkur parkdagi avtomobillar Uber Freight yuk taşiş ilovasidan tuşgan buyurtmalarni bajaradi. Kompaniya özining haydovçisiz taksilarini sinovdan ötkazgan Arizona ştatida haydovçisiz maşinalarda yuk taşiş jarayoniga start berilgan. 

Uber'da ta'kidlanişiça, hozirça yuk taşişda maşinalar yölning aksariyat qismida mustaqil harakatlanuvçi, lekin oxirgi bir neça millarda haydovçilar tomonidan boşqariluvçi transport zanjiri modeli qöllanayotgani qayd etilgan. Kompaniya avtonom yuk taşiş tizimini noyabr oyidan buyon sinovdan ötkazayotgan edi, biroq rasman bu haqida endigina e'lon qildi. 

Haydovçi va özini özi boşqaruvçi avtomobil tandemi Uber'da robot katta şosselardagi harakatlarni yaxşi uddalaşi, biroq şahar köçalari böylab harakatlarda qöşimça sinovlar talab etilişi bilan izohlangan. Bundan taşqari, mazkur usul qisqa muddatli istiqbolda haydovçilarni işçi örinlaridan mahrum qilmaydi. 

Uber hozirça avtoturargohda neçta yuk maşinasi borligi, qanday turdagi tovarlar taşilişi va avtomobillar qança masofani mustaqil bosib ötganiga doir tafsilotlarni oşkor qilgani yöq. Uber ilğor texnologiyalar jamoasi bugunga kelib barça transport vositalari umumiy hisobda 2 million mil yölni bosib ötganini ma'lum qilişdi. Kompaniya jarayonni töliq avtomatlaştiruv, ya'ni yuk taşiş inson yordamini talab qilmaydigan darajaga yetkazişni rejalaştirmoqda.