Jahon | 09:50 / 10.03.2018
3552
1 daqiqa o‘qiladi

Floridada o‘qituvchilarga qurol olib yurish huquqi berildi

Foto: Time Magazine

AQShning Florida shtati gubernatori Rik Skott o‘qituvchilarga o‘quv muassasalarida to‘pponchalar olib yurishga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi, deb xabar qilmoqda CBS.

Ushbu chora maktablardagi otishmalar bilan bog‘liq hodisalarning oldini olishda yordam berishi kerak.

Bundan tashqari, qonun bilan qurolning ba'zi turlarini sotib olishda yosh cheklovi 18 dan 21 yoshgacha oshirilmoqda.

14 fevral kuni Floridada sobiq maktab o‘quvchisi Nikolas Kruz o‘quv muassasida otishma uyushtirdi. Natijada 17 kishi halok bo‘ldi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid