Qonunçilik palatasi «Özbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonun loyihasini ikkinçi öqişda qabul qildi, deb xabar beradi ÖzA.
Qayd etilişiça, hujjat bilan jinoyat protsessiga videokonferentsaloqa tizimi joriy etiladi. Buning uçun Qonunçilik va sud-huquq masalalari qömitasi huzurida tuzilgan Işçi guruh tomonidan mamlakatimiz va xorij tajribasi örganildi, şuningdek yaqinda qabul qilingan Fuqarolik protsessual va Iqtisodiy protsessual kodekslari qoidalari hisobga olindi.
Xalqaro amaliyot şuni körsatadiki, videokonferentsaloqadan jinoyat sudi işlarini yuritişda yanada haqqoniyroq guvohlik körsatmalarini oliş hamda ozodlikdan mahrum etiş joylarida bölgan şaxsning protsessda iştirokini ta'minlaş maqsadida foydalaniladi. Kiritilayotgan tuzatişlar sud himoyasiga bölgan huquqni amalga oşiriş uçun yanada qulay şaroitlar yaratiş imkonini beradi.
Norma’ning yozişiça, hozir Jinoyat-protsessual kodeksining 96-moddasi ma'nosiga köra söroq qilinuvçi bilan virtual emas, balki u joylaşgan joyda söroq ötkaziş zarur. Bu muayyan çeklovlarni yuzaga keltiradi.
Masalan, sudlanuvçining advokati va sudlanuvçining özi xavfsizligi ta'minlangan guvoh yoki jabrlanuvçi sudda söroq qilinganda amalda iştirok eta olmaydilar. Bunday hollarda jabrlanuvçi yoxud guvohning şaxsi oşkor etilmaydi. Avvalgi söroqlar bayonnomalari sudga taqdim etiladi, söroq qilingan şaxslar töğrisidagi ma'lumotlar körsatilgan ularning kiriş qismlari esa muhrlangan holda kelib tuşadi.
Bundan taşqari, JPKning 479-moddasiga muvofiq, jazoni ijro etiş muassasasidagi mahkumlar işni kassatsiya va nazorat tartibida köriş çoğida iştirok etiş huquqidan rasman mahrum etilganlar. Jazoni ijro etiş muassasasidagi mahkumning kassatsiya va nazorat instansiyasi sudi majlisida iştirok etişi, şuningdek uni sud majlisiga olib keliş zarurligi masalasini sud hal qiladi.
Videokonferentsaloqa orqali jinoyat işlari doirasida söroq qilişga ruxsat beriladi
16:40 / 10.03.20186 8702 min

















