«Vest Hem» muxlislari ança vaqtdan buyon klub rahbariyatiga – pornografiya sanoati orqali boylik orttirgan Devid Sallivan va Devid Gold, şuningdek vitse-prezident, britaniyalik mediayulduz Karen Brediga nafratlarini turli yöllar bilan izhor etib kelişmoqda. Joriy mavsumda jamoa juda yomon iştirok etmoqda, «bolğaçilar»ni xavfli hududdan atigi 3 oçko ajratib turibdi. 30-turda «Byornli»ga qarşi öyin oldidan muxlislar keng kölamli tartibsizliklar, norozilik aksiyalari uyuştirişga tayyorgarlik körişdi.

Ammo aksiyalar taşkillaştirilmadi, birinçidan fanatlarning turli guruhlari muvofiqlikda harakatlana olişmadi, qolaversa aksiyalar rejasidan oldindan xabardor bölgan politsiyaçilar muxlislarni har qadamda nazorat qilişdi.

«Jamoa muhim, rahbariyat emas. «Bolğamiz» tobut yasaydi», – şunday qörqinçli sözlar yozilgandi muxlislar qöllaridagi şarflarda.

«Vest Hem» stadionida klub rahbarlarini agressiv şiorlar yozilgan plakatlar bilan kutib olişdi. «Biz orzu uçun pul töladik, evaziga dahşat oldik», – deya yozilgan muxlislar bannerlaridan birida.

«Vest Hem» muxlislari öyin arafasida jamoa tarixidagi asosiy futbolçi bölgan Bobbi Murning ölimiga 25 yil tölgani munosabati bilan ajoyib perfomans hosil qilişdi.
Öyinning 66-daqiqasigaça hisob 0:0 körinişida edi, ikkinçi bölimning ikkinçi qismida esa «Byornli» hisobni oçdi. Şundan söng maydonga norozi muxlislar bitta-bitta yugurib tuşa boşlaşdi. Ularni jamoa futbolçilari, masalan, Jyeyms Kollinz tinçlantirişga urindi.

Ammo «Vest Hem» sardori Mark Nobl murosa qilib ötirmadi, u muxlislardan birini urib gazonga ağdardi.

























