«Vest Hem» sardori Mark Nobl Angliya çempionatining 30-turida «Byornli»ga qarşi öyin vaqtida yuzaga kelgan tartibsizliklar fonida maydonga tuşib kelgan muxlislardan birini urib yiqitdi.
U muxlisni kaltaklaşni boşlaganida boşqa futbolçilar uni ajratib olib ketişdi.
Öyindan keyin Nobl bu voqea borasida izoh berdi.
«Bu ançadan buyon davom etmoqda. Buni faqat ğalaba qozonsak töxtatişimiz mumkin. Ammo biz yuta olmayapmiz. Faqat ğalaba muxlislarni tinçlantirişi mumkin. Biz ularning xafagarçiliklarini töğri tuşunamiz. Lekin agar ular bizni qöllab-quvvatlaşmasa, yana yutqazib qöyaveramiz. Bunday muhit hukm surar ekan, biz öynay olmaymiz.
Odamlar biz futbolçilar ekanimizni tuşunişi kerak. Biz özimizni himoya qila olişimiz kerak. Maydonga köp muxlislar tuşib ketişdi. Ular bu harakatlari orqali rahbariyatga bölgan ğazablarini bildirişdi. Men esa özimga taşlanişganida özimni himoya qilişim kerak.
Futbolda faqat ğalabalarni qadrlaşadi. Lekin «Vest Hem» ham boşqa istalgan jamoa qatori, «Mançester Siti»ni hisobga olmaganda, yutqazişi mumkin bölgan jamoadir. Bizga hozir qiyin, muxlislar rahbariyatdan qattiq norozi. Jamoadagi köp futbolçilar avval bunday holatga tuşişmagan», degan Nobl.

















