O‘zbekiston | 17:52 / 12.03.2018
18969
2 daqiqa o‘qiladi

Abdulaziz Komilov: Tojikistonga tashrif chog‘ida juda murakkab, nozik muammolar hal qilindi

O‘zbekiston prezidentining Tojikistonga amalga oshirgan davlat tashrifi mamlakat tashqi siyosati konsepsiyasi va asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirishda katta voqea bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov “O‘zbekiston24” telekanalidagi maxsus lavhada ma'lum qildi.

“O‘zbekiston o‘zining tashqi siyosatida mintaqadagi davlatlar bilan do‘stona aloqalarni rivojlantirishga va mintaqaviy integratsiyani kuchaytirishga katta e'tibor beryapti. Shuni yaxshi anglab, inobatga olish kerakki, agar O‘zbekiston va Tojikiston orasida yaqin hamkorlik bo‘lmasa, hech qanday mintaqaviy integratsiya bo‘lmaydi. Chunki O‘zbekiston va Tojikiston aloqalari mana shu integratsiyaning mag‘izi, desak bo‘ladi. Tashrif davomida so‘nggi 20 yillar davomida yig‘ilib qolgan juda murakkab, dolzarb, hattoki nozik muammolarni hal qilishga ikki tomon qodir bo‘ldi. 30ga yaqin juda muhim shartnomalar imzolandi, ushbu hujjatlar orasida eng muhimi – davlat chegaralarini delimitatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnomadir”, - deya aytib o‘tdi A.Komilov.
 
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev va Rahmonning qo‘shma bayonoti qabul qilingani, unda Rog‘un GES ham tilga olingani xabar qilingandi.

Mavzuga oid