Yurtimizda turizmni rivojlantiriş böyiça keyingi oylarda juda yuksak e'tiborga molik işlar amalga oşirilmoqda. Xususan, içki turizmni rivojlantiriş, yurtdoşlarimizga mamlakatimizning qadimiy tarixidan sözlovçi dargohlar bilan yaqindan tanişiş uçun bir qator yengilliklar va imtiyozlar yaratilayotganiga barçamiz guvoh bölib turibmiz.

Şunday göşalar borki, ularning yonidan har kuni, har zamon ötamiz. Lekin e'tibor bermaymiz, tarixidan bexabarmiz. Aslida, u yerlarda buyuk tariximiz, ma'naviyatimiz, qadriyatlarimiz yaşirin böladi.

Kun.uz Namangan viloyati Töraqörğon tumanida joylaşgan ana şunday qadimiy maskanlardan biri — Axsi şahri haqida öz öquvçilariga hikoya qilib berişni niyat qilib, uşbu maskanga bordi.

Qadimşunos olimlar tomonidan «Farğona Afrosiyobi», deya ta'rif berilib, Axsi yoki Axsikent nomi bilan ataluvçi köhna şahar xarobalari bugungi kunda Töraqörğon tumanidagi Şahand va Gulqişloq qişloqlari orasida, Sirdaryoning şimolida döngtepaliklar körinişida yastanib yotibdi. Mazkur Eski Axsi manzilgohi Farğona vodiysidagi eng yirik arxeologik yodgorlik hisoblanadi.

Manzilgohni qazib örgangan qadimşunos olimlar moddiy – aşyoviy dalillar va eng köhna yozma xitoy manbalariga tayangan holda, şaharning  paydo bölişini taxminan miloddan avvalgi III asrlarga töğri kelişi ma'lumotini berişgan.

Axsikentning arxeologik jihatdan örganilişi 1885 yildan boşlangan. Dastlab, Peterburg universitetining professori, taniqli arxeolog va şarqşunos N.Veselovskiy iş olib borgan. 1913 yilda I.Kastane tomonidan navbatdagi qazişma va tadqiq işlari ötkazildi. 1939 yilda Katta Farğona kanali qurilişi davrida professor M.Masson bu yerda arxeologik razvedka işlari bilan şuğullandi. 1960 yildan esa Özbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Yahyo Ğulomov boşçiligida mutaxassislar Axsikentda arxeologik qazişma işlarini amalga oşirişdi.

Özbekiston Respublikasi FA Arxeologiya instituti katta ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori A.Anorboyev Axsikentda uzoq yillar davomida ilmiy tadqiqot va qazişma işlarini olib borişi natijasida köplab ilmiy maqola va risolalar çop etdi.