Namangan şahrida Navröz umumxalq bayrami arafasida Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçisi Sergey Kryukovga Özbekiston Respublikasi Prezidenti sovğasi – “Matiz” avtomobili tantanali tarzda topşirildi. Bu haqda “KUN.UZ” tahririyatining viloyatdagi muxbiriga şahar hokimligi manbasi ma'lum qildi.

Dunyo ahlini öz vaqtida faşizm balosidan qutqarişda faol iştirok etgan, Sergey Aleksandroviç kabi hozirda hayot bölgan kam sonli uruş faxriylariga hurmatu ehtirom körsatiş bugungi kunda har bir yoşning burçidir. Bu borada mamlakatimiz Prezidenti barçamiz uçun ibrat namunasini körsatdi.

Sergey Kryukovning xonadoniga taşrif buyurgan Namangan viloyati hokimi, senator Xayrullo Bozorov, Namangan şahar hokimi Şavkatjon Abdurazzoqov tabarruk otaxonga davlatimiz rahbarining sovğasini taqdim etişdi.

Qayd etiş joiz, qutluğ yoşdagi nuroniyning nabirasi, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi a'zosi  Antonina Iplina yaqinda Yurtboşimiz farmoniga asosan  «Döstlik» ordeni bilan taqdirlandi. Mustaqil ijod qiladigan şoir va tarjimonga ham esdalik sovğalari topşirildi.

Oqilxon DADABOYeV