Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya prezidenti butun dunyo uchun katta o‘zgarish haqida gapirdi
Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inning ma'lum qilishicha, rejalashtirilayotgan Koreyalararo va Amerika-Shimoliy Koreya sammiti Koreya yarim orolida tinchlikni o‘rnatish uchun sharoitlar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
TASS xabariga ko‘ra, u bu haqda o‘zining katta maslahatchilari va yordamchilari bilan muloqot chog‘ida aytib o‘tgan.
«Koreya yarim orolida yadro qurolidan xoli hududga aylantirish va tinchlik o‘rnatish uchun sharoitlar paydo bo‘ldi. Agarda sammitlar muvaffaqiyatli o‘tsa, bu butun dunyo uchun katta o‘zgarishlarni olib keladi», - deya aytib o‘tdi u.
Janubiy Koreya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, barcha tomonlar bu tarixiy imkoniyatdan foydalanishi kerak.
Shu bilan birga, Mun Chje In ijobiy natijalarga ortiqcha ishonib yubormaslikka chaqirdi, sababi hozircha hech kim Koreya yarim orolidagi vaziyatni keskin o‘zgartira olmagan.
Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
22:00 / 17.04.2026