O‘zbekiston | 12:48 / 14.03.2018
57272
2 daqiqa o‘qiladi

Bosh prokuratura «Rashid Qodirov ishi» doirasida «Infinbank» bilan aloqador xabarlarni rad etdi

O‘zbekiston Respublikasi bosh prokuraturasi sobiq bosh prokuror R.Qodirovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha uning yaqin kishilaridan biri bo‘lgan Farhod Mamajonov ushlanib, uning mol-mulklari qo‘yilgani haqida OAVda tarqalgan xabarlarni rad etdi.

«Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasi sobiq bosh prokurori R.Qodirovga nisbatan Bosh prokuratura tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha F.Mamajonov ushlanganligi va uning mol-mulklari olib qo‘yilganligi to‘g‘risida xabar tarqatilgan.

Bosh prokuratura ushbu ma'lumot haqiqatga muvofiq emasligini ma'lum qiladi», deyilgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabarida.

Bundan avvalroq xorij nashrlarida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi «Infinbank»ning norasmiy egasi hisoblanuvchi Farhod Mamajonovni «Rashid Qodirovning pullarini yuvish» bilan shug‘ullanishda ayblab qo‘lga olgani va u so‘roq qilinayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

O‘zbekiston sobiq bosh prokurori Rashid Qodirov 24 fevral kuni qo‘lga olingandi. Uning ustidan Jinoyat Kodeksining 165, 205 va 210-moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid