SpaceX kompaniyasi rahbari Ilon Mask Texas ştatidagi Ostin şahrida ötayotgan an'anaviy South by Southwest texnologiyalar va madaniyatlar festivalida Oy va Marsda odamlar yaşaydigan stansiyalar Uçinçi jahon uruşi vaziyatida insoniyatga sivilizatsiyani tiklaşga yordam berişi mumkinligini aytdi.
Maskning aytişiça, Uçinçi jahon uruşi yuz bersa, insoniyat uçun “qoronği zamonlar” kelişi ehtimoli mavjud.
“Biz qayerdadir insoniyat sivilizatsiyasini tiklaş uçun uning yetarliça namunasi borligiga işonçimiz komil bölişini istaymiz. Fikrimça, Yerdagi hayotni tiklaş uçun Oy va Marsda stansiyaga ega böliş muhimdir”, deb aytgan Mask.
Maskning ta'kidlaşiça, Marsda stansiyaga ega böliş eng yaxşi variant bölar edi.
“Çunki Mars Yerdan ança yiroqda va u yerdagi bazaning Oydagi bazadan omon qolişi ehtimoli kattaroq”, deb tuşuntirgan öz fikrini Mask.

















