Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilişiça, Moskva GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal bilan röy bergan voqeaga aloqador emas. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Moskvaning pozitsiyasi yaxşi ma'lum, Moskva pozitsiyasi diplomatik kanallar orqali Londonga yetkazildi, u Moskva Buyuk Britaniyada röy bergan hodisaga heç qanday aloqaga ega emasligiga asoslangan», - deya ma'lum qildi Peskov.

Peskovning aytişiça, bu mavzu «Kreml masalasi emas», sababi Skripal Britaniya maxsus xizmatlaridan biriga işlagan hamda Buyuk Britaniya hududida zaharlangan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Britaniyada rossiyalik siyosiy muhojirlar endi qöriqlanayotgani xabar berilgandi.