O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorliklarni undirish masalalari bo‘yicha yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimini yaratish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni “Xalq so‘zi” nashrida e'lon qilingan.

Hujjat bilan Bosh prokuraturaning O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosida (keyingi o‘rinlarda — Byuro) quyidagilarga mo‘ljallangan Ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorliklarni undirish masalalari bo‘yicha yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimini (keyingi o‘rinlarda — Yagona elektron hamkorlik tizimi) yaratish haqidagi taklifi ma'qullandi:

qarzdor-jismoniy shaxslar va ularning mol-mulklari, shuningdek, olib berilishi lozim bo‘lgan bolani qidirishda Byuro va davlat organlari, bank muassasalari va boshqa tashkilotlar o‘rtasida tezkor axborot almashish;

davlat ijrochilarining qarorlari, topshiriqlari, ko‘rsatmalari, bildirishnomalari va boshqa xabarnomalarini, shuningdek, ularga javoblarni tegishli davlat organlari, bank muassasalari va boshqa tashkilotlariga elektron hujjat ko‘rinishida yuborish (qabul qilish);

sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishdan bo‘yin tovlayotgan qarzdorlarga, shu jumladan, ularning mol-mulklari va mulkiy huquqlariga nisbatan cheklov choralarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘z vaqtida qo‘llash.

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishda Byuro bilan elektron hamkorlikni amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda — hamkorlik qiluvchi tashkilotlar) ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlandi.

Byuroga mazkur ro‘yxatni boshqa davlat organlari va tashkilotlar bilan kengaytirish, shuningdek, ular bo‘yicha qarzdorliklarni undirish masalalari bo‘yicha idoralararo elektron hamkorlik sxemasini kelishilgan holda belgilash huquqi berildi.

Belgilanishicha, Byuro va hamkorlik qiluvchi tashkilotlar o‘rtasidagi qarzdorliklarni undirish bo‘yicha idoralararo elektron hamkorlik:

2 — 19-ilovalarga muvofiq sxemalar bo‘yicha;

mavjud ma'lumotlarning tezkorligi va haqqoniyligini ta'minlagan va qonun hujjatlariga muvofiq axborot xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni ko‘rgan holda ruxsatsiz foydalanishga imkon bermaydigan himoyalangan telekommunikatsiya tarmoqlari orqali;