Janubiy Koreyada yangi mojaro: yana bir sobiq prezident korrupsiyada ayblanmoqda

Foto: REUTERS/Jo Yong-Hak
Janubiy Koreyani 2008-2013 yillar davomida boshqargan sobiq prezident Li Myon Bak korrupsiyada ayblanmoqda. Bu haqda “Ryonxap” axborot agentligi xabar bermoqda.
Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Li Myon Bak 14 mart kuni prokuraturada ushbu ayblovlar bo‘yicha ko‘rsatmalar beradi. U jinoiy taftish ishtirokchisiga aylanadigan Janubiy Koreyaning 5-prezidenti bo‘ladi. Shu tariqa Janubiy Koreyaning avvalgi 7 prezidentidan faqatgina ikki nafarigagina jinoiy ayblovlar qo‘yilmagan.
Avvalroq Li Myon Bakning akasi Li San Dik POSCO po‘lat quyuvchi kompaniyasi ishtirokidagi korrupsiya ishi bo‘yicha 15 oylik qamoq jazosi olgan.
Shu bilan bir vaqtda Janubiy Koreyaning 2017 yil aprelda hibsga olingan, mamlakatni 2013-2017 yillarda boshqargan yana bir sobiq prezidenti Pak Kin Xe ishi bo‘yicha qaror chiqarilishi kutilmoqda. Unga 18 ta band bo‘yicha, jumladan korrupsiya, poraxo‘rlik, xizmat vakolatlarini suiste'mol qilish va davlat ma'lumotlarini oshkor qilish ayblovlari qo‘yilmoqda. Seul markaziy sudi ushbu ish bo‘yicha 6 aprelda qaror chiqaradi.
1997 yilda Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti (1980-1988) harbiy to‘ntaruvga tayyorgarlikdagi ishtiroki uchun umrbod qamoq jazosiga, mamlakatni 1988-1993 yillar davomida boshqargan No Txe U esa to‘ntaruvlar tashkil etish va poraxo‘rlik uchun 17 yillik qamoq jazosiga mahkum qilingan. Ularning ikkisi ham o‘sha yil afv etilganlar. 2003-2008 yillar mamlakatni boshqargan, 2009 yilda korrupsiyada ayblangan No Mu Xyon o‘z joniga qasd qilgan.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Hurgadaga: dengiz, quyosh va sharqona ertak
O‘zbekiston | 09:00
-
Chorvoqdagi xonadon - dam olishmi yoki investitsiya? Nega ikkovi ham bo‘lmasin?
O‘zbekiston | 15:00
-
Zelenskiy: Rossiya urushni davom ettirish uchun vaqtni cho‘zmoqchi
Jahon | 14:52
-
O‘zbekiston delegatsiyasi Bolgariya prezidenti administratsiyasida uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston | 14:49
Mavzuga oid

17:25 / 07.05.2025
T'way Air Seuldan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

21:14 / 05.05.2025
Janubiy Koreya aeroportlar yaqinida qushlarni nazorat qilishni kuchaytiradi

18:34 / 01.05.2025
Janubiy Koreya prezidenti vazifasini bajaruvchi saylovlar oldidan iste’foga chiqdi

12:36 / 24.04.2025