Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 apreldan elektr energiyasi narxi oshadi
«O‘zbekenergo» kompaniyasi 1 apreldan elektr energiyasi tariflari oshirilishini ma'lum qildi. Yangilangan tariflar reyestri 14 mart kuni O‘zbekiston Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlandi.
Tariflar O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 14 noyabrdagi «Yonilg‘i-energetika resurslarini o‘z vaqtida ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq qayta ko‘rib chiqilgan. Qarorda 1 apreldan elektr energiyasini 12 foizga va tabiiy gazni 10 foizga oshirish ko‘zda tutilgan edi.
Aholiga yetkazib berilayotgan 1 kVts elektr energiyasi ayni vaqtda 204,3 so‘m. Bu narx 1 apreldan keyin 228,6 so‘m bo‘ladi. Elektr plitalari bilan jihozlangan turar-joylarda yashovchi aholi uchun esa elektr energiyasi narxi 1 kVts uchun 102,15 so‘mdan 114,3 so‘mga oshadi.
Oxirgi marta elektr energiyasi va boshqa kommunal xizmatlar tariflari 2017 yilning iyulida oshirilgan edi.
Mavzuga oid
17:36 / 26.05.2026
Gaz va elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov qilinganda 2 oy eski tariflar amal qiladi
13:18 / 15.05.2026
1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi
21:41 / 05.05.2026
Qozog‘iston 2027 yilda Rossiyadan elektr energiyasi olishni to‘xtatadi
12:57 / 07.04.2026