O‘zbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasi davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi» farmonini imzoladi.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati faoliyatini tashkil etishning ustuvor yo‘nalishlari, asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari belgilangan.

Davlat xavfsizlik xizmati faoliyatini tashkil etishning ustuvor yo‘nalishlari quyidagilar:
Xizmatning maxsus vakolatli davlat xavfsizlik sifatidagi huquqiy maqomi, vakolatlari va faoliyat yo‘nalishlarini aniqlab beruvchi mustahkam qonunchilik bazasini yaratish;
bugungi kundagi xavf-xatarlar va tahdidlarga qarshi kurashishning ta'sirchan shakl hamda uslublarini joriy etish;
yuzaga kelayotgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy vaziyatni e'tiborga olgan holda davlat xavfsizligini ta'minlash borasidagi vazifalarini bajarishda mavjud kuch hamda vositalardan samarali foydalanish imkonini beruvchi tashkiliy tuzilmani shakllantirish;
Xizmat faoliyatini davlat xavfsizligini ta'minlash ishlarining shakl va uslublari, shuningdek, Xizmat harbiy xizmatchilarining idoraviy mansubligi haqidagi ma'lumotlar oshkor bo‘lishini istisno etuvchi konspiratsiya tamoyili asosida tashkil etish;
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga og‘ishmay rioya etilishini kafolatlaydigan ta'sirchan mexanizmlarni joriy qilish;
O‘zbekiston Respublikasining manfaatlarini hisobga olgan munosib himoya qilishga qodir, har tomonlama yetuk va vatanparvar yoshlarni Xizmatga jalb etishga qaratilgan kadrlarni tanlash va tayyorlashning mutlaqo yangi tizimini yaratish;
mehnatga munosib haq to‘lash, uy-joy va maishiy shart-sharoitlarni yaxshilash, sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish orqali Xizmat harbiy xizmatchilarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish.

Xizmatning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari:
O‘zbekiston Respublikasining davlat xavfsizlik xizmati va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishni ta'minlash, mazkur sohada qonuniylik va qonun ustuvorligini mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berish;
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga tajovuzlarning oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga barham berish bo‘yicha razvedka va kontrrazvedka faoliyatini amalga oshirish;