Yo‘l qoidasiga rioya qilmaslik ayanchli oqibatlarga olib keldi
Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida 14 mart kuni soat 01.30larda Ohangaron tumani Do‘stlik qishlog‘i Tinchlik ko‘chasida yashovchi, “Baraka avto trans” MChJ haydovchisi, 1979 yilda tug‘ilgan V.S. boshqaruvidagi “Kamaz-353213” rusumli yuk avtomashinasini tuman hududidan o‘tuvchi “Toshkent-Nurafshon-Ohangaron” avtomobil yo‘lining 39-kilometrida haydab ketayotib, 1976 yilda tug‘ilgan A.T.ni urib yuborgan. Natijada piyoda A.T. voqea joyida vafot etgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida 13 mart kuni soat 05.30larda Nukus shahar Abadan ko‘chasida yashovchi, “Vektra-trans Nukus” MChJ haydovchisi, 1994 yilda tug‘ilgan I.M. o‘ziga biriktirilgan boshqaruvidagi “Matiz”, rusumli avtomashinasini “Beruniy-O‘zbekiston guzari” ko‘chalari kesishgan chorrahasida haydab ketayotib 1998 yilda tug‘ilgan A.J boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan. Natijada “Matiz” avtomashinasi haydovchisi I.M. va uning yo‘lovchisi N.Ye. jarohat olib RShTYoIMga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay N.Ye. vafot etgan.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
5,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metall eritish sexi aniqlandi
Jamiyat | 11:18
-
Rossiyaning Kursk viloyati sobiq gubernatori Aleksey Smirnov qo‘lga olindi
Jahon | 10:53
-
Toshkentdagi jamoat joylarida kinologiya punktlari tashkil etiladi
O‘zbekiston | 10:33
-
Zelenskiy: frontdagi qurollarning 40 foizidan ortig‘i Ukrainada ishlab chiqarilgan
Jahon | 10:19
Mavzuga oid

16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi

15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi

13:07 / 27.07.2024
Qamchiq dovonida 3 ta yuk avtomobili va Mercedes-Benz Sprinter ishtirokida YTH yuz berdi

07:35 / 27.07.2024