08:22 / 16.03.2018
5761

Poroshenko Jan Reno bilan Ukraina kinosini muhokama qildi

Foto: president.gov.ua

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Ukraina-Fransiya hamkorligida suratga olinayotgan «So‘nggi qadam» filmida qatnashish uchun kelgan aktyor Jan Reno bilan uchrashdi. Bu haqda «112 Ukraina» xabar bermoqda.

«Ukraina haqidagi fikrlaringizni eshitish juda qiziq. Bu biz uchun muhim, sababi bu Ukraina kinosanoatining tiklanish belgisi sanaladi», - deya aytib o‘tdi Poroshenko.

Poroshenkoning qo‘shimcha qilishicha, aktyor bilan ko‘rishishdan xursand hamda uning ishtirokidagi ko‘plab filmlarni tomosha qilgan.

O‘z navbatida Renoning ma'lum qilishicha, mamlakatdagi tabiat go‘zalligidan hayratga tushgan.

«Men ukrainlar jamoasi bilan birinchi marta ishlamoqdaman. Mamlakat tarixi haqida hikoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lish juda muhim», - deya aytib o‘tdi u.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yilda Pyotr Poroshenko Rossiyada 2014 yilning 1 yanvaridan so‘ng suratgan olingan filmlar namoyishini taqiqlash to‘g‘risidagi qonunni imzolagandi.

Top