Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Yoğ-moy tarmoğini jadal rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori imzolandi.
Qarorda Soğlom raqobat muhitini rivojlantiriş va keng turdagi yoğ-moy mahsulotlari işlab çiqarilişini kengaytiriş uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş, mazkur tarmoqdagi mavjud tizimli muammolarga barham beriş bozorni sifatli, xavfsiz, arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan töldiriş va butun mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlaşning eng muhim şarti hisoblanişi qayd etilgan.
Şu bilan birga, ta'kidlanişiça, xom aşyo bazasining çeklangani, jumladan muqobil yoğ olinadigan ekinlardan yetarliça foydalanmaslik yoğ-moy korxonalarining mavjud işlab çiqariş quvvatlarini töliq işga solişni ta'minlaş va bozorning sifatli yoğ-moy mahsulotlariga bölgan talabini qanoatlantiriş imkonini bermaydi.
Yoğ-moy korxonalarida zamonaviy texnologiyalarning past darajada joriy etilganligi işlab çiqariş faoliyatini lozim darajada nazorat qiliş va hisobini yuritişga tösqinlik qilmoqda, xom aşyo va tayyor mahsulotlarni talon-toroj qiliş holatlariga, şuningdek, boşqa suiiste'molçiliklarga olib kelmoqda.
Xom aşyo resurslari va tayyor yoğ-moy mahsulotlarini taqsimlaşning samarasiz va zamonaviy bozor prinsiplariga javob bermaydigan mexanizmi köp sonli çayqovçilik böğinlari va bozorda sun'iy taqçillik yuzaga kelişiga hamda oqibatda yoğ-moy mahsulotlari narxining asossiz ösişiga olib kelmoqda.
Yoğ-moy tarmoğini zamonaviy bozor mexanizmlarini keng joriy etiş asosida jadal rivojlantirişni ta'minlaş va yoğ-moy sanoatini boşqariş tizimini takomillaştiriş maqsadida, şuningdek, 2017 – 2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasi va Özbekiston Respublikasida Ma'muriy islohotlar konsepsiyasi vazifalariga muvofiq çoralar belgilangan.
Qaror orqali ma'lum qilinişiça, «Özpaxtasanoateksport» XKga tegişli bölgan bölgan «Özpaxtayoğ» AJ ustav kapitalidagi uluş Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 noyabrdagi «Paxtaçilik tarmoğini boşqariş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ–3408-son qaroriga muvofiq davlat mulkiga nominal qiymat böyiça ötkazilgan.
Yoğ-moy mahsulotlarini işlab çiqarişning resurs bazasini kengaytiriş, yoğ-moy korxonalaridagi asbob-uskunalarni modernizatsiya qiliş, ularni işlab çiqariş jarayonini nazorat qiliş va hisobini yuritişning zamonaviy tizimlari bilan jihozlaşni nazarda tutuvçi Özbekiston Respublikasi yoğ-moy tarmoğini jadal rivojlantiriş böyiça «yöl xaritasi» ilovaga muvofiq tasdiqlanadi.
















