Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev har bir tumanda to‘qimachilik fabrikalari tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi
Prezident Oqdaryo tumanidagi “Mushtariy Oqdaryo” mas'uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli tikuvchilik fabrikasida bo‘ldi, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.
O‘tgan yili noyabrda ish boshlagan ushbu korxonada 20 xildagi trikotaj mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Bu yerda to‘rt yuzdan ortiq xotin-qizlar hamda kollej bitiruvchilari mehnat qilmoqda.
Korxona mahsulotlarining bozori aniq. Rossiyaning “OODJI” kompaniyasi bilan shartnoma imzolangan. Eksport geografiyasini kengaytirish rejalashtirilgan.
Prezident fabrikaning ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi, mahsulotlar sifatini ko‘zdan kechirdi, xodimlar bilan suhbatlashdi.
Shavkat Mirziyoyev bunday zamonaviy korxonalar iqtisodiyotni barqaror qilish, aholini ish bilan ta'minlashda muhim o‘rin tutishini, shu kabi fabrikalarni har bir tumanda kamida ikkitadan tashkil etish zarurligini ta'kidladi.
Shu yerda yengil sanoat va gidroenergetika sohalaridagi imkoniyatlar, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.
Mavzuga oid
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
17:45 / 05.06.2026
“AQShga murojaatingizdan xursandmiz” - Sherdor restavratsiyasiga 500 ming dollar ajratildi
17:36 / 05.06.2026
Saida Mirziyoyeva UNEP va GEF rahbariyati bilan uchrashdi
18:49 / 04.06.2026