O‘zbekiston | 17:09 / 17.03.2018
32529
2 daqiqa o‘qiladi

Senat “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi qonunni ko‘rib chiqadi

Foto: Davlat xavfsizlik xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi qonunni ko‘rib chiqadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabarida aytiladi.

Qayd etilishicha, Oliy Majlis Senatining o‘n to‘rtinchi yalpi majlisi joriy yilning 29 mart kuni Toshkent shahrida chaqiriladi. Senatning yalpi majlisi kun tartibiga “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni kiritilgan.

Oliy Majlis Senati Kengashi 50, 100, 200 va 500 so‘mlik tangalar chiqarish bo‘yicha taklifni ma'qulladi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasi davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi» farmonini imzolagandi. Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati faoliyatini tashkil etishning ustuvor yo‘nalishlari, asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari belgilangan. Farmon bilan Davlat xavfsizlik xizmati O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qiluvchi maxsus vakolatli organ sifatida belgilangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid