03:07 / 18.03.2018
11747

APL. «Misrlik Messi» pokeri bilan «Liverpul» g‘alabasiga hissa qo‘shdi

Foto: Twitter/PremierLeague

Angliya Premer-Ligasining 31-turi doirasida «Liverpul» va «Uotford» bellashdi.

O‘yin mezbonlarning katta ustunligi ostida o‘tdi va 5:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi. «Misrlik Messi» - Muhammad Saloh o‘yinda 4ta gol urdi. Natijada, u gollari sonini 28taga yetkazib, to‘purarlar bahsida Harri Keyndan 4ta to‘p oldinga o‘tib ketdi.

Bu natijadan so‘ng, «Liverpul» 63 ochko bilan 3-o‘rinda boryapti. «Uotford» 36 ochko bilan 11-o‘rinni egallab turibdi.

APL, 31-tur
Liverpul – Uotford 5:0 

17 mart, «Enfild» stadioni
Gollar: 1:0 – 4 Saloh, 2:0 – 43 Saloh, 3:0 – 49 Firmino, 4:0 – 77 Saloh, 5:0 – 85 Saloh. 
Liverpul – Karius, Matip, Robertson, Gomes, van Deyk, Firmino (Ingz, 79), Djan (Milner, 27), Saloh, Veynaldum (Oksleyd-Chemberlen, 71), Mane, Xenderson.
Uotford – Karnezis, Mariappa, Predl, Xolebas, Femeniya, Pereyra, Kapu, Risharlison (Xyuz, 65), Dukure, Britos (Yanmat, 81), Dini (Okaka Chuka, 70).
Ogohlantirish: Gomes (52).

Mavzuga oid
Top