Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari Kattaqo‘rg‘ondagi fojiaga o‘z munosabatini bildirdi
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari Alisher Sa'dullayev Feysbukdagi o‘z sahifasida Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida majburiy mehnatga olib chiqilgan va yuk mashinasi urib ketishi natijasida vafot etgan 23 yoshli o‘qituvchi ayolning o‘limi yuzasidan post qoldirgan.
«Xalqimiz azaldan ustozlarni ardoqlab kelgan. Ilm tarqatuvchilarga berilgan e'tibor va ehtirom Xudo xohlasa o‘z natijasini beradi. Har bir rahbar maktabda o‘qigan hamda ustoz ko‘rgan va ishonchimiz komil ular ham o‘z ustozlarini ardoqlashadi. Hali bu kabi yumushlarni innovatsiya orqali yengillashtirish va katta yutuqlarga erishish mumkin. Buning uchun faqat o‘qituvchilarga bor imkoniyatni yaratib berishimiz zarur shunda o‘qituvchi emas innovatsiya bizga yechim bo‘ladi. Iqtisodimiz gullab yashnaydi. Yurtboshimiz ham xalqimiz g‘amida tinim bilganlari yo‘q. Xudo xohlasa, kunlar kelib bu kunlarni eslab yuramiz. Har qanday rivojlangan davlat ham ta'lim orqali rivoj topgan. Hamma do‘stlarimizdan bo‘lar-bo‘lmas gaplar emas, holis yondoshilgan ko‘mak va talqin kutib qolamiz», deya sitata keltirgan A.Sa'dullayev.
«Bas, yetar! O‘qituvchilarni tinch qo‘ying. Hamma o‘z ishini qilsin. Parlament a'zolari, deputatlar va boshqa davlat organlari kelinglar birlashaylik. Millat taqdiri-ku axir?!» — deb tugatadi vazir o‘rinbosari Alisher Sa'dullayev o‘z fikrini.
Mavzuga oid
15:13 / 15.06.2026
Namanganda ta’lim tizimi mansabdori tezkor tadbirda qo‘lga olindi
11:10 / 08.06.2026
Nodavlat ta’lim muassasalari qonunbuzilish xavfi bo‘yicha baholanadi
13:43 / 02.06.2026
“Davlat maktablarining asosiy vazifasi bolalarni ma’lum vaqt ushlab turish bo‘lib qoldi” – Hamid Sodiq
08:38 / 02.06.2026