Filippin prezidenti Rodrigo Duterte Xalqaro jinoyat sudining ta'sis şartnomasi hisoblanuvçi Rim maqomini imzolagan davlatlarni kelişuvni bekor qilişga çaqirdi. U bu haqda Filippin şimolidagi harbiy akademiya kadetlari oldidagi çiqişida aytib ötdi.
“Men şartnomani imzolagan barça davlatlarni Xalqaro jinoyat sudini tark etişga çaqiraman. Bu hujjatni heç kim tayyorlamagan, bu Yevropa Ittifoqi tomonidan taklif qilingan kelişuv”, deb aytgan Duterte.
Duterte 14 mart kuni Rim maqomi ratifikatsiyasi qaytarib olinişini e'lon qilgan. Bunga Xalqaro jinoyat sudi prokuraturasi fevralda Filippindagi vaziyatni örganişni boşlaş qarorini qabul qilgandan keyin qaror qilingan. Sud prokurori Fatu Bensudaning aytişiça, 2016 yil 1 iyuldan giyohvand moddalar tarqatilişiga qarşi kuraş kampaniyasi bilan boğliq amalga oşirilgan jinoyatlar” tahlil qilinadi. Prokuror ma'lumotlariga köra, bu kuraş davomida giyohvand modda qabul qilganlik va sotganlik uçun ming kişi öldirilgan, gap ba'zi hollarda politsiya amaliyotlari davomida sudsiz va tergovlarsiz qatl etişlar haqida ketmoqda.












