O‘zbekiston | 12:12 / 19.03.2018
17415
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident Vladimir Putinni saylovdagi g‘alabasi bilan qutladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

19 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi prezidenti V.V.Putinni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlaridagi ishonchli g‘alaba bilan tabrikladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, bo‘lib o‘tgan saylovlar natijalari Rossiya xalqi V.V.Putin boshchiligida o‘tkazilayotgan har tomonlama o‘ylangan va to‘g‘ri, Rossiya jamiyatini birlashtirish, odamlar hayoti sifatini oshirish, iqtisodiyot, infratuzilma va davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish, Rossiya Federatsiyasining jahondagi muhim derjava sifatidagi rolini mustahkamlash hamda davlat suverenitetini qat'iy himoya qilishga qaratilgan siyosati kuchli qo‘llab-quvvatlanishini yana bir bor namoyish etdi. 

O‘tgan yilning aprel oyida Rossiya Federatsiyasiga amalga oshirilgan davlat tashrifi, jadal muloqot, siyosiy iroda va amaliy hamkorlikni sifat jihatdan kengaytirish istagi O‘zbekiston-Rossiya o‘zaro strategik sheriklik hamda ittifoqchilik munosabatlarini sezilarli darajada mustahkamladi.

Buni siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, bank-moliya, transport-kommunikatsiya, harbiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar va boshqa ko‘plab sohalarda hamkorlikning turli darajalarida erishilgan aniq natijalar ko‘rsatmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid